Smartfon yoki planshetda mobil dasturlardan foydalanish ko‘rsatkichlari o‘tgan bir yil ichida 21 foizga oshgan. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Bugungi kunda taxminan 1,5 milliard dona mobil qurilmalardan faol foydalaniladi va ularda 28 ming xil mobil dastur o‘rnatilgan. Quyida 2013-yilning avgustidan, joriy yilning avgustiga qadar ruknlar bo‘yicha mobil dasturlardan foydalanishning o‘sish ko‘rsatkichlarini ko‘rishingiz mumkin:
- Musiqa tinglash – 79%;
- Sog‘lik va fitnes – 51%;
- Ijtimoiy tarmoqlar – 49%;
- Sayohat – 28%;
- Sport – 16%;
- O‘yinlar – 15%;
- Yangiliklar – 14%.
Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida smartfonlarga dastur o‘rnatib berish narxlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)