AQSh prezidenti Barak Obama Belgiya Bosh vaziri Elio di Rupoga ikki yashik Amerika pivosini jo‘natdi, deb xabar bermoqda NOS nashri.
AQShning Belgiyadagi elchixonasi Bryusselga di Rupo uchun Obama nomidan ikki yashik “Semyuel Adams” pivosi keltirilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya bosh vaziri Elio di Rupo Braziliyadagi futbol bo‘yicha JCh—2014 nimchorak finalidan o‘rin olgan AQSh — Belgiya uchrashuvi arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali Amerika prezidenti Barak Obamaga ikki yashik pivo bilan garov bog‘lashni taklif qilgan edi.
27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobidagi yevropaliklar g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Izoh (0)