Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda chorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Shonig‘mat Shofayziyev muxlislar safidan joy oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ilk davrada gaitilik Xillel Roshauni 6:4, 6:7(3), 6:4 hisobida mag‘lub etgan Shofayziyev kecha chorak final yo‘lida yaponiyalik Keyta Koyamaga ikki setda ham bir xil — 2:6 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy to‘rga saralash bahslari orqali yetib kelgan o‘zbekistonlik tennischi Alan Gajiyev ilk bosqichda turnirning beshinchi raketkasi germaniyalik Peter Xellerga ikki setda ham 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)