Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni markaziy hukumat nazorati ostiga qaytarish mumkinligiga ishonadi. U bu haqda Yalta European Strategy an’anaviy uchrashuvi ochilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
“Ha, bizning muammolarimiz talaygina. Bizga Qrimni qo‘lgan chiqarib yuborganimizni aytishmoqda. Biroq qachondir uni qaytarib olamiz”, — dedi u.
Poroshenko Qrimni qaytarish uchun harbiy mexanizmlarni ishga solishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi.
“Bu harbiy yo‘l bilan bo‘lishi shart emas. Bu iqtisodiyot va raqobat yordamida amalga oshadi, — deya aniqlik kiritdi u. — Bu — Qrimni qaytarishning yagona yo‘li”.
Izoh (0)