11-sentabr kuni London markazi, shahar hayvonot bog‘i yaqinida shahzoda Garrining korteji halokatga uchradi — taksi haydovchisi kortej mototsikliga kelib urildi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Halokat oqibatida mototsikl haydovchisi taxminan to‘qqiz metrga uchib ketdi. O‘z avtomobilida siqilib qolgan taksi haydovchisi esa mashina tomini olib tashlash orqali qutqarib qolindi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, shahzodaning korteji katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgach, salonida shahzoda Garri bo‘lgan Range Rover avtomobili xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bir necha yuz metrgacha harakatlanishda davom etgan.
Nashrda qayd etilishicha, favqulodda hodisadan shok holatiga tushgan Garri avariya ishtirokchilari bilan barchasi joyidaligiga ishonch hosil qilishga uringan.
Avtohalokat natijasida jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hozirga qadar ularning ahvoli haqida xabar berilmadi.
Politsiya yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)