AQSh prezidenti Barak Obama uning ma’muriyati 12-sentabr, juma kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilishini aytdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Yangi cheklov choralari Rossiya iqtisodiyotining moliya, energetika va mudofaa sektorlarini qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, 11-sentabr, payshanba kuni YeIning 28 davlati 12-sentabrdan Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilish haqida qaror qabul qildi. Sanksiyalarga uchragan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxati bugun, 12-sentabrda rasman e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Izoh (0)