Kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida FIFA referisi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
FIFA referisi yig‘ilganlarning savollariga javob berdi. Marosim so‘ngida Ravshan Ermatovga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori unvoni taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Ravshan Ermatov ikkinchi mutaxassislik sifatida mazkur universitetni tamomlagan.
Izoh (0)