FIFA 2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning futbol musobaqasi uchun qit’alar bo‘yicha yo‘llanmalar taqsimotini e’lon qildi. Osiyo futbol konfederatsiyasiga erkaklar musobaqasi uchun uchta, ayollar uchun ikkita o‘rin berildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Olimpiya o‘yinlari uchun saralash vazifasini o‘tab beradi. Ushbu musobaqada uch o‘rinni egallagan jamoalar Rio — 2016’ga boradi.
Olimpiada — 2016 futbol musobaqasi yo‘llanmalarining qit’alar bo‘yicha taqsimoti:
- Osiyo: erkaklar turniriga uch o‘rin, ayollar turniriga — ikki;
- Afrika: erkaklar turniriga uch o‘rin, ayollar turniriga — ikki;
- KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi davlatlari futbol konfederatsiyasi): erkaklar turniriga 2,5 o‘rin, ayollar turniriga — ikki;
- KONMEBOL (Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi): erkaklar turniriga 1,5 o‘rin, ayollar turniriga — bir;
- Okeaniya: erkaklar turniriga bir o‘rin, ayollar turniriga — bir;
- UEFA: erkaklar turniriga to‘rt o‘rin, ayollar turniriga — to‘rt;
- Mezbon (Braziliya): erkaklar turniriga bir o‘rin, ayollar turniriga — bir;
- Umumiy soni: erkaklar turniriga 16 o‘rin, ayollar turniriga — 12.
Izoh (0)