Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Minsk (Belorussiya)da olib borilgan uch tomonlama muzokaralar natijasida tinchlik bayonnomasi imzolanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Telefon orqali bo‘lgan suhbatda ikki davlat rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimi, umuman olganda amalda o‘z ifodasini topayotganini ta’kidlab o‘tdi. Ular o‘t ochishni to‘xtatishga barqaror tus berish uchun kerakli bo‘lgan tadbirlarni muhokama qildi.
Tomonlar, shuningdek, vaziyatni monitoring qilish va o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ustidan nazorat o‘rnatishga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotini maksimal darajada jalb etish zaruriyati hamda Ukraina va xalqaro gumanitar yordamni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilish yo‘llari haqida suhbatlashdi.
Izoh (0)