Joriy yilning 26-avgust — 5-sentabr kunlari Tehron shahri (Eron)da eshitish qobiliyatini yo‘qotgan sportchilar o‘rtasida futzal bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bronza medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Bu yilgi qit’a chempionatida O‘zbekiston, Eron, Yaponiya, Bahrayn, BAA kabi Osiyoning bir qator yetakchi terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Osiyo chempionatiga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan yuborilgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sakkiz nafar sportchi o‘rin egalladi.
Qizg‘in kechgan musobaqalarning yakunlariga ko‘ra, Eron jamoasi birinchi, yaponiyaliklar ikkinchi, O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)