2008-yilgi Pekin (Xitoy) Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori Abdulla Tangriyev ikki yillik tanaffus (diskvalifikatsiya)dan so‘ng, xalqaro turnirlarda ishtirokini yana davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Jumladan, Rossiyaning Magnitogorsk shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchi og‘ir vazndagi polvonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Abdulla Tangriyev hal qiluvchi final uchrashuvida og‘ir vazndagi polvonlarning dunyo reytingida peshqadamlik qilayotgan, 2014-yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori bo‘lgan braziliyalik Rafael Silvani mag‘lub etdi.
Izoh (0)