Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Shimoliy Koreyaning Yonbendagi yadroviy tadqiqot markazida joylashgan quvvati 5 MVt ga teng reaktorning faollashganini aniqladi. Bu haqda KBS Janubiy Koreya davlat telekanaliga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
AEXAning yillik hisobotida ta’kidlanishicha, ekspertlar reaktordan suv va bug‘ ajralib chiqqanini qayd etgan, bu uning faolligidan darak beradi.
2013-yilning aprelida KXDR “yadroviy harakatlarni cheklash” siyosati doirasida plutoniy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan reaktorni qaytadan ishga tushirishini e’lon qilgan edi.
Avvalroq Fan va xalqaro xavfsizlik instituti (ISIS) KXDRning Yonbendagi uranni boyitish bo‘yicha zavodni kengaytirayotgani va reaktorni modernizatsiya qilmoqchiligini xabar qilgan edi.
Izoh (0)