Sankt-peterburglik rassom Pyotr Pavlenskiy Vladimir Putinning Ukrainaga nisbatan xatti-harakatlariga norozilik belgisi sifatida Moskvadagi Qizil maydonda o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Segodnya.ua xabar berdi.
O‘z joniga qasd qilishga urinishdan avval u rossiyaliklarni amaldagi hukumatga qarshi bosh ko‘tarishga chaqirdi.
Rossiya OAVlari xabariga ko‘ra, Pyotr Pavlenskiy Qizil maydondagi Maqbaraga kirish uchun navbatda turgan va boshqa navbat kutuvchilar bilan Putinning xatti-harakatlari bo‘yicha bahs-munozara boshlab yuborgan. Atrofdagilar ham ularga kelib qo‘shilib, Ukrainadagi vaziyat va prezident olib borayotgan siyosat haqida gapirayotgan Pavlenskiyni diqqat bilan tinglagan. So‘ng u olomon ichidan chiqib, yaqin oradagi supachada oldindan tayyorlab qo‘yilgan sirtmoqni bo‘yniga iladi va o‘zini osadi.
Biroq tinglovchilar Pavlenskiyni tezlik bilan ilmoqdan chiqarib, “tez yordam” chaqiradi. Pavlenskiy shifoxonaga yotishdan bosh tortdi. Ayni paytda rassom tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Izoh (0)