Kanada Shimoliy Atlantika alyansi trast fondlari orqali Ukrainaga bir million dollar taqdim etadi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net Kanada hukumati saytiga tayanib.
Hujjatda aytilishicha, mablag‘ Ukraina Qurolli kuchlari imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va kompyuter imkoniyatlarini mukammallashtirish, shuningdek NATO standartlarini joriy qilish uchun ajratiladi.
Ottava shuningdek NATOning Yevropadagi uchta: kiberxavfsizlik, energetika xavfsizligi va strategik kommunikatsiyalar markazlariga bir million dollardan ajratadi. Bayonotda qayd etilishicha, ushbu choralar “Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi operatsiyalarini to‘xtatib qolishga” qaratilgan.
Izoh (0)