AQSh Dengiz piyoda qo‘shinlari korpusining CH-53E vertolyoti Amerikaning USS Mesa Verde desantchi kemasi bortiga qo‘nish vaqtida Aden ko‘rfaziga quladi. Bu haqda Fox News telekanaliga tayanib, Korrespondent.net xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, CH-53E Jibutida mashg‘ulot o‘tagan dengiz piyoda qo‘shinlarini USS Mesa Verde bortiga qaytarayotgan bo‘lgan. Aviahalokat vaqtida vertolyot bortida 25 yo‘lovchi — 17 nafar dengiz piyoda qo‘shinlari va sakkiz dengizchi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning barchasi qutqarib qolindi. Ma’lum qilinishicha, ulardan hech biriga ziyon yetmagan.
AQSh harbiy dengiz kuchlari bergan axborotga ko‘ra, aviahalokat dushman tomonidan amalga oshirilmagan.
Izoh (0)