Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-prisining so‘nggi bosqichi davom etyapti. 31-avgust kuni dunyoning kuchli 12 nafar grossmeysteri, xususan, o‘zbekistonlik yagona ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minova dona surayotgan mazkur musobaqaning 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Musobaqada besh imkoniyatdan bir yarim ochko jamg‘arib turgan Nafisa Mo‘minova qora donalarda asli kelib chiqishi xitoylik, lekin Qatar sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Chju Chen bilan hisob-kitob qildi. Bu safar ham Nafisa raqibasi bilan durang o‘ynadi.
6-tur natijalari:Ushenina — Xou Ifan: 0-1;
Chju Venjun — L’ami: 1-0;
Kosinseva — Xarika: 1-0;
Chjao Ksyu — Koneru: 1-0;
Daniyelyan — Batchimeg hamda Chju Chen — Mo‘minova partiyalarida durang natija qayd etildi.
6-turdan keyingi vaziyat:
1-2. Xou Ifan, Chju Venjun — 5;
3. Batchimeg — 4;
4-6. Xarika, Ushenina, Kosinseva — 3,5;
7-8. Daniyelyan, Chjao Ksyu — 3;
9-10. Koneru, Mo‘minova — 2;
11. Chju Chen — 1;
12. L’ami — 0,5.
Eslatib o‘tamiz, Nafisa Mo‘minova turnirning bundan avvalgi uchrashuvida ham rossiyalik sportchi bilan murosaga kelgan edi.
Izoh (0)