7mednews.ru sayti go‘zalligiga butun dunyo tan bergan eng chiroyli yetti nafar ayol nomini ma’lum qildi.

Kira Naytli. Foto: glamgalz.com

Kira Naytli. Foto: glamgalz.com

1985-yil aktyorlar oilasida tavallud topgan britaniyalik aktrisa Kira Naytli ilk bor kinoda yetti yoshida suratga tushgan. Kiraning aktrisalik mahoratiga “Karib dengizi qaroqchilari”, “Qirol Artur”, “Shaxsiy soqchi” singari bir qator filmlarda baho berish mumkin.

Beyonse. Foto: fanpop.com

Beyonse. Foto: fanpop.com

Amerikalik xonanda Beyonse ham butun dunyo bo‘yicha tan olingan eng go‘zal ayollardan biri bo‘lib, 1981-yil Texas shtatida tug‘ilgan. U mashhurlikka 1990-yillar oxirida erishdi. Beyonse 2001-yilda o‘zini kinofilmlarda ham sinab ko‘ra boshlagan.

Kemeron Dias. Foto: 1zoom.ru

Kemeron Dias. Foto: 1zoom.ru

Amerikalik aktrisa Kemeron Dias 1972-yilda tavallud topgan bo‘lib, unga mashhurlikni “Niqob” kinofilmi taqdim etgan. U “Ayollar sirlari”, “Jo‘natma”, “Otamning uyi” singari filmlarda rol ijro etgan.

Skarlet Yoxansson. Foto: myfilmviews.com

Skarlet Yoxansson. Foto: myfilmviews.com

Navbatdagi eng go‘zal ayol to‘qqiz yoshidan beri filmlarda rol ijro etadigan Skarlet Yoxansson bo‘lib, u 1984-yilda tavallud topgan. Skarletning aktrisalik mahoratiga “Qasoskor”, “Enaga kundaliklari” kabi filmlarda baho berish mumkin.

Steysi Keybler. Foto: blog.prashantgorule.com

Steysi Keybler. Foto: blog.prashantgorule.com

Steysi Keybler sayyoraning eng go‘zal ayollar ro‘yxatidan bir necha marotaba joy olgan. U 1979-yil AQShda tug‘ilgan. Steysi “Chak” (Chuck) “Onangiz bilan qanday tanishdim” (How I met your mother) singari jami 72 filmda rol ijro etgan.

Sharliz Teron. Foto: cineparadise.com

Sharliz Teron. Foto: cineparadise.com

Kelib chiqishi Janubiy Afrikadan bo‘lgan amerikalik model va aktrisa Sharliz Teron 1975-yilda tug‘ilgan. Sharliz kino olamiga 1995-yilda kirib kelgan bo‘lib, 2 Days in the Valley, Sweet November, 15 Minutes singari filmlarda rol ijro etgan.

Anjelina Joli. Foto: trendymatter.com

Anjelina Joli. Foto: trendymatter.com

Go‘zalligini butun dunyo tan olgan amerikalik aktrisa Anjelina Joli 1975-yil Los-Anjelesda tug‘ilgan. Uch bolani o‘z vasiyligiga olgan aktrisaning ayni damda olti nafar farzandi bor. Joli butun dunyoda nafaqat go‘zalligi, balki amalga oshirayotgan xayriya ishlari bilan ham mashhurdir.