Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

18-sentabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni Oq uyda qabul qiladi, deya xabar berdi Korrespondent.net.

Foto: armytimes.com

Foto: armytimes.com

Uchrashuv davomida prezidentlar Ukraina sharqidagi vaziyatni diplomatik tarzda tartibga solishga yo‘naltirilgan harakatlarni muhokama qiladi. Oq uy rasmiy saytida yozilishicha, tashrif Ukrainaning o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun olib boradigan kurashida AQShning ko‘mak berishini tasdiqlaydi.

AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payyet ham o‘z Tvitterida bo‘lajak tashrif haqidagi xabarni tasdiqlab, post qoldirdi.

Avvalroq Barak Obama o‘zining ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko sentabrda Oq uyga kelishini aytgan, biroq buning qaysi sanada sodir bo‘lishi haqida xabar berilmagan edi. Shu bilan birga, Obama Ukrainadagi tanglikni bartaraf etishda AQShning harbiy aralashuvini istisno qilgan edi.

Nashrning eslatishicha, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati Rossiya qo‘shinlarining Donetsk viloyati janubidagi qator aholi punktlarini bosib olganini xabar qilgan edi. Shu munosabat bilan Ukraina prezidenti Turkiyaga tashrifini bekor qildi va BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisi haqida e’lon qildi.

O‘z navbatida, Rossiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi vakili Andrey Kelin Ukrainada hech qanday Rossiya qo‘shinlari va harbiy texnikalari yo‘qligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)