Avvalroq 9-sentabrda Apple kompaniyasi katta tadbir o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida tarqalgan xabar rasman tasdiqlandi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya 9-sentabr kuniga mo‘ljallangan tadbir uchun taklifnoma yuborishni boshlab yuborgan. Taklifnomalarda “Wish we could say more” – qani edi ko‘proq narsa ayta olsak, deb yozilgan.
Ushbu tadbirda iPhone 6 smartfoni, ilk iWatch aqlli soati va yana kutilmagan boshqa gadjetlar taqdim etilishi kutilmoqda. Endi faqat kutish qoldi :)
Izoh (0)