Xitoyning Nankin shahrida ikkinchi o‘smirlar olimpiya o‘yinlari doirasidagi barcha musobaqalar yakunlandi. Norasmiy ravishda medal jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ikkita oltin, uchta kumush va uchta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 27-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Aslida olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan medallar soni 10 tani tashkil etdi. Qoidalarga ko‘ra, mikst, juftlik bahslarida qo‘lga kiritilgan medallar umumiy ro‘yxatga kiritilmaydi. Norasmiy ravishda medal jamg‘arish bo‘yicha ro‘yxat tuzishda davlatlarning faqatgina yakkalik bahslarida erishgan medallari soni inobatga olinadi.
Lekin O‘zbekiston delegatsiyasining to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgani bu fakt va uni hech kim olib qo‘ya olmaydi.
Ikkinchi o‘smirlar olimpiya o‘yinlari (Nankin, Xitoy)
Medal jamg‘arish (yakuniy ko‘rinish)
Barcha medallar (oltin — kumush — bronza)
1. Xitoy — 65 (38-13-14)
2. Rossiya — 57 (27-19-11)
3. AQSh — 22 (10-5-7)
4. Fransiya — 20 (8-3-9)
5. Yaponiya — 21 (7-9-5)
6. Ukraina — 23 (7-8-8)...
... 27. O‘zbekiston — 8 (2-3-3)
Izoh (0)