Android operatsion tizimining yangi — “L” deb nomlangan versiyasi oktabr oyida foydalanishga topshirilishi mumkin. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Google kompaniyasi keyingi haftadan Android One – arzon smartfonlar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihasi doirasidagi ilk smartfonlarini taqdim etadi. Arzon smartfonlar Android operatsion tizimining KitKat versiyasida ishlashi va oktabrda ushbu versiyadan yangi Android L versiyasiga o‘tish mumkin bo‘lishi xabar qilingan.
Agar keyingi hafta taqdim etiladigan Android One smartfonlarining operatsion tizimi versiyasini oktabrda yangisiga o‘tkazish imkoniyati yaratilsa, u holda bir paytning o‘zida boshqa barcha Android qurilmalari uchun ham yangi versiya foydalanishga topshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Android L versiyadagi “L” belgisi Lollipop – “xo‘rozqand” bo‘lishi kutilayotgan edi. Biroq, yangi versiya Android LMP bo‘lishi va LMP – Lemon Meringue Pie (limon va bizeli pirog) deya nomlanishi ham mumkin.
Izoh (0)