“RIA Novosti”da ma’lum qilinishicha, yakshanba kuni noma’lum xakerlar Qirg‘iziston hukumatining rasmiy saytiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Darakchi.uz’ga asoslanib, “Kun” xabar berdi.
Saytga kirish vaqtida avval sahifaning xavfli ekani haqidagi xabar, so‘ng FOREX valyuta bozori sahifasi namoyon bo‘lgan. “Ular shunchaki kompyuter bezorilari bo‘lishi mumkin”, — dedi hukumat matbuot kotibi.
Hozirda mutaxassislar muammo sabablarini aniqlab, uni bartaraf etmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Qirg‘iziston hukumat sayti avval ham xakerlar hujumiga uchrab turgan. Ulardan eng shov-shuvlisi 2007-yilda parlament saylovlaridan ikki kun avval sodir etilgan.
2012-yil esa buzg‘unchilar hukumat saytini buzgach, ekranga “arab bahori”dagi ommaviy tartibsizliklar tasvirlangan kadrlarni joylashtirgan edi.
Izoh (0)