Bugun AQShning Nyu-York shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining asosiy to‘r bahslariga start beriladi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 38 million 300 ming dollarni tashkil etuvchi musobaqaning asosiy to‘rida o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
AQSh Ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi saralash musobaqasida O‘zbekistonning ikki vakilasi — Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova mag‘lubiyatga uchragan edi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi saralash musobaqasida Farrux Do‘stov ham omadsizlikka uchragandi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ilk bosqichda turnirning 12-raketkasi fransiyalik Rishar Gaskega qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuvning ertaga bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan.
Agar Denisning omadi kelib, Gaske to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tib olsa, ikkinchi davrada katta ehtimol bilan italiyalik Paolo Lorensi bilan to‘qnash keladi.
Izoh (0)