Afg‘oniston prezidentligiga o‘z nomzodlarini qo‘ygan, saylovlarda o‘zini-o‘zi g‘olib deb e’lon qilgan Abdula Abdulla va Ashraf G‘ani Ahmadzayning bahsi mamlakat g‘aznasiga besh milliard dollar miqdorida zarar yetkazdi. Bu haqda Afg‘oniston moliya vaziri Umar Zaxilval bergan ma’lumotga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Umar Zaxilval “Agar ovozlarni hisoblash jarayoni avgust so‘ngiga qadar yakunlanmay, sentabrda ham davom etsa, biz qiyin ahvolda qolamiz”, — deb, bunday vaziyat yuzaga kelsa, u maoshlarni qisqartirish hamda davlat xodimlarining bir qismini vazifasidan ozod etishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.
Afg‘oniston moliya vaziri, shuningdek, ikkinchi darajali xarajatlarni qisqartiganini, biroq bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, Abdula Abdulla va Ashraf G‘ani Ahmadzay milliy birlik hukumatini tuzish haqida kelishib olgan edi. Ayni paytda saylovlarning ikkinchi bosqichini qaytadan hisob-kitob qilish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)