Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amerikalik Vashington va Nyu-Jersida to‘rt kishini o‘ldirganini tan oldi hamda jinoyatni AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati tufayli o‘ch olish maqsadida amalga oshirganini aytdi. Bu haqda Los Angeles Times sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Foto: AP Photo/ LM Otero

Foto: AP Photo/ LM Otero

Vashington shtati King okrugi prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sietlda yashovchi Ali Muhammad Braun to‘rtta qotillikni o‘z bo‘yniga olgan. Xabar berilishicha, Vashington shtatida uch kishi, Nyu-Jersida bir kishi uning qurboniga aylangan.

Braun qotilliklarni Suriya, Afg‘oniston va Iroqda halok bo‘lganlar uchun qasos olish maqsadida amalga oshirganligini aytdi. “Mening vazifam — har kuni yo‘qotilayotgan millionlab kishilar hayoti uchun o‘ch olish. Bu hayotlarning barchasini har kuni Amerika va uning hukumati tortib olmoqda”, — dedi u.

Braun o‘z “vazifa”sini 27-aprelda boshlagan. 18-iyul kuni hibsga olinishidan avval u bir qancha o‘g‘riliklarni ham amalga oshirib ulgurgan. Braun o‘lim jazosiga hukm qilinishi taxmin etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi