Bir kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda 19-avgust kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida sodir bo‘lgan favqulodda holat yuzasidan turli xabarlar paydo bo‘ldi, deb qayd etdi Uz24.uz.
Favqulodda holat guvohi bo‘lganlar so‘zlariga asoslanib, poyezd “Pushkin” va “Buyuk Ipak yo‘li” bekatlari orasidagi tunnelda tutab ketgani va yo‘lovchilarning metropoliten xodimlari tomonidan evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan edik.
Uz24 muxbiri Toshkent metropoliteni bilan bog‘lanib, sodir bo‘lgan voqeaga oydinlik kiritdi. Metropoliten vakili tutun chiqqani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinist poyezdda yuzaga kelgan texnik nosozlikni payqab, tarkibni “Pushkin” bekatida to‘xtatgan. Yo‘lovchilar mazkur bekatda tushirilgan. Nosozliklar, xususan, qisqa tutashuv 10 daqiqa ichida bartaraf etilgan va poyezd yaxshilab tekshirilishi uchun depoga jo‘natilgan.
Yo‘lovchilarni keyingi poyezd olib ketgan.
Izoh (0)