Bugun Boku shahrida Ozarbayjon hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Mazkur tadbirning birinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va jurnalistlar savoliga javob berdi.
“Bu o‘yin tayyorgarlik sifatida biz uchun ham, Ozarbayjon uchun ham juda ahamiyatli. Raqib Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, biz esa Osiyo o‘yinlarida o‘ynashimiz kerak. Shu sababli zaxira futbolchilarini sinab ko‘rmoqchimiz, xalqaro o‘yinlar biz uchun ko‘p narsa berishi muqarrar”, — deb qayd etdi Mirjalol Qosimov.
Savol: Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida “Neftchi” va “Qorabog‘” futbolchilari o‘ynamaydi. Siz uchun bu yaxshimi?Javob: Sizning jamoangizning o‘z rejalari bor, bizning o‘z rejamiz bor. “Qorabog‘” payshanba kuni Gollandiyaning “Tvente” klubiga qarshi o‘ynashini bilaman. “Neftchi” ham Yevropa ligasi o‘yinlari bilan band.
Savol: Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etayotgan Ozarbayjon terma jamoasi tushgan guruh haqida nima deya olasiz?Javob: To‘g‘risini aytsam, Ozarbayjonga bu guruhda qiyin bo‘lishi aniq. U yerda juda kuchli jamoalar jam bo‘lgan.
Savol: Ozarbayjon futbolchilaridan birortasi bilan tanishmisiz?Javob: Ha, men o‘z vaqtida Nozim Suleymanov va Arif Asadovlar bilan birga o‘ynaganman. Nozim ajoyib futbolchi edi. Ozarbayjonliklar har doim yaxshi o‘yin namoyish qilardi. Sizning jamoangizni biror Osiyo jamoasi bilan solishtirish juda qiyin.
Savol: Hozirgi futbolchilardan birortasini bilasizmi?Javob: AQSh terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda 4 va 7-raqamli futbolchilarning o‘yini menga yoqdi (Mohir Shukurov va Vagif Javadov).
Savol: Natija siz uchun muhimmi?Javob: Natija har doim muhim bo‘lgan.
Savol: Ertaga zaxira tarkibini sinovdan o‘tkazasizmi yoki asosiy tarkib maydonga tushadimi?Javob: Biz 20 nafar futbolchi bilan tashrif buyurganmiz. Hamma tayyorgarlik ko‘rmoqda. Asosiy tarkib hozirdan ma’lum. Futbolchilarning o‘zaro hamjihatligini oshirish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizni hali Iordaniya va Yangi Zelandiya bilan bo‘ladigan o‘yinlar ham kutib turibdi.
Savol: Nima sababdan tarkibda Bahodir Nasimov yo‘q?Javob: Biz Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bahodirning esa o‘yin amaliyoti yo‘q. U hozircha klubsiz bo‘lib turibdi. Ammo u hozir tarkibda yo‘q bo‘lsa-da, terma jamoa futbolchisi hisoblanadi.
Savol: Ozarbayjon terma jamoasi Osiyoda o‘ynaganda, nimaga umid qilsa bo‘lar edi?Javob: Ozarbayjon ancha yaxshi natijalarga erishgan bo‘lardi. Men ko‘rgan o‘yinlar bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, yuqori o‘rinlar uchun kurashishi aniq edi. Sentabrda saralash o‘yinlarida ishtirok etasiz va men jamoangizga omad tilayman. Umid qilamanki, Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritasiz.
Izoh (0)