AQShning Missuri shtati gubernatori Jey Nikson Fergyuson shahrida davom etayotgan tartibsizliklar munosabati bilan shaharga Milliy gvardiya bo‘linmalarining kirishi haqida buyruq berdi. Bu haqda gubernatorning rasmiy saytida 18-avgust kuni berilgan bayonotga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
“Bugun kechasi tinch aholi shahar tashqarisidan kelgan uyushgan va miqdori o‘sib borayotgan namoyishchilarning jinoiy harakatlari natijasida jabrlandi”, — deyiladi bayonotda. Jey Nikson, shuningdek, amalga oshirilayotgan zo‘ravonlik ishlari Fergyuson aholisi va shahardagi savdoni xatarga qo‘yayotganini qayd etgan.
AQSh politsiyasi Fergyuson shahridagi namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va tutun hosil qiladigan shashkalar qo‘llaganini tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.
16-avgust kuni Fergyusonda Missuri shtati gubernatori Jey Nikson qarori bilan favqulodda holat e’lon qilinib, komendant soati (harbiy yoki qamal sharoitida ko‘chalarda ruxsatsiz yurish man qilingan vaqt) joriy etildi.
Eslatib o‘tamiz, politsiya tomonidan 18 yoshli afro-amerikalik o‘smirning otib o‘ldirilishi mamlakatdagi 90 ta shaharda payshanba va juma kunlari e’tiroz namoyishlari o‘tkazilishiga olib kelgan edi.
Izoh (0)