Xitoy Fuqarolik ma’muriyati vazirligining qayd etishicha, mamlakat janubida sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir va suv toshqini natijasida 27 dan ziyod kishi halok bo‘lgan. 84 nafari o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Sinxua agentligining shanba kungi axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 18 kishi Guychjou, yetti nafari Szyansi va yana ikki kishi Futszyan provinsiyalarida halok bo‘lgan.
Dushanbadan payshanbagacha Futszyan, Szyansi, Xunan, Guandun, Sichuan, Guychjou provinsiyalari va Guansi-Chjuan avtonom hududida yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida 770 kishi jabrlangan. Ularning ko‘pchiligi — 379 nafari Guychjou provinsiyasi aholisi bo‘lib, u yerda 2000 dan ziyod turar joy va 4,5 ming gektar donli ekin hududi xarobaga aylangan.
Vazirlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududdagi suv toshqinidan keltirgan iqtisodiy zarar 2,28 milliard yuan (taqriban 371 million dollar)ni tashkil qiladi.
Izoh (0)