Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi Apple iPad planshetlarini ishlab chiqarish ishlari boshlangan. Apple yaqin orada 9,7 dyuymli iPad Air va 7,9 dyuymli iPad mini planshetlarini taqdim etadi. TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, quyosh nuri tushib turganda ham yozuvlarni o‘qish imkonini beruvchi maxsus qoplama yangi Apple iPad planshetlari displeyida ishlatiladi
Planshetlar sentabr oxirida yoki oktabrda taqdim etilishi mumkin. 9,7 dyuym displeyli planshet taqdimotdan so‘ng sotila boshlaydi, 7,9 dyuymlisi esa biroz keyinroq chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni katta tadbir tashkil etadi va unda yangi iPhone 6 smartfoni taqdim etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)