Yaman poytaxti Sana shahrida ikki nikoh marosimi katta janjalga sabab bo‘lishiga oz qoldi. Kelinni olib ketayotgan avtomobil adashib, boshqa to‘y kortejiga kirib qoldi va yangi kelinni begona kuyovning uyiga olib keldi. Xuddi shu vaqtda kuyov tanlagan kelin ham yangi xonadoniga yetib keldi. Bu haqda mahalliy OAVlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Sana ko‘chalarida kelinni olib ketayotgan limuzin haydovchisi aybi bilan sodir bo‘ldi. Kelin yo‘l chetida to‘y kortejini kutayotgan odamlar orasida tanishlarini ko‘rib, ular bilan gaplashish uchun avtomobilni to‘xtatadi.
Yo‘lida davom etgan limuzin haydovchisi adashib, boshqa bir to‘y kortejiga borib qo‘shiladi. Haydovchi kelin-kuyovga hamrohlik qilayotgan mehmonlarni ham ortda qoldirib, kelinni yangi uyiga “uchirib” olib borib qo‘yadi.
Turmush o‘rtog‘ini kutib olish uchun uydan chiqqan kuyov avtomobillardan tushgan ikki kelinni ko‘rib, esankirab qoladi. Mehmonlarning ma’lum qilishicha, bu vaqtda musiqa va tabrik so‘zlari ham tinib, o‘rtaga og‘ir sukunat tushgan.
Adashib keltirilgan qiz yigitning “boshqa kuyov” ekanligini aytib, voqeaga oydinlik kiritdi. Mehmonlar kula boshladi va qizdan “haqiqiy kuyov”ning ismini so‘rab, kelinni “o‘z manzili”ga jo‘natdi.
Izoh (0)