“Malyorka” yangi bosh murabbiyi Valeriy Karpinning debyut o‘yini Trofeo Ciudad de Palma sovrini uchun “Xetafe” bilan bo‘lgan uchrashuvga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Uchrashuvdagi g‘alaba to‘pini 45-daqiqada “Malyorka” sardori braziliyalik Joao Viktor kiritdi. Eslatib o‘tamiz, Joao Viktor o‘z vaqtida “Bunyodkor” safida o‘ynagan.
Shu tariqa, Valeriy Karpinning dastlabki sovringa ega bo‘lishi uchun bir kun vaqt kerak bo‘ldi. Rossiyalik mutaxassis kechqurun ikki yillik shartnoma imzoladi. U ertalab bosh murabbiy sifatida tanishtirilgan edi.
Trofeo Ciudad de Palma sovrini:
“Malyorka” — “Xetafe”: 2:1 (1:1)
Gollar: Fofo, 25 (1:0). Freddi, 38 (1:1). Joao Viktor, 45 (2:1)
Izoh (0)