10-avgust, yakshanba kuni Toshkentda mualliflik asarlari va sovg‘alar ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Gazeta.uz.
Butun mamlakat bo‘ylab 150 dan ortiq hunarmandlar o‘zlarining kulolchilik, tasviriy san’at, zargarlik buyumlari, kashta, gilamdo‘zlik, yog‘och buyumlar, gazlamalar, yumshoq o‘yinchoqlar yo‘nalishlaridagi buyumlarini namoyish etdi.
Tadbir tashkilotchisi Noib Anvarxo‘jayevning aytishicha, asosiy e’tibor O‘zbekistonning chekka burchaklaridagi hunarmandlarga qaratilgan. Transport xarajatlarini hisobga olib, ularga joy uchun to‘lovda chegirmalar taqdim etildi.
G‘azalkent bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va “Rahm va shafqat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga xayriya burchaklari berildi. G‘azalkentlik bolalar yasagan buyumlar sotilishidan tushgan pullar Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti bemorlari uchun dori sotib olishga yo‘naltiriladi. “Rahm va shafqat” jamiyati esa tushgan mablag‘ni veterinar klinikalardagi jonivorlar uchun taqdim etadi.
Izoh (0)