Samarqand viloyat jinoyat sudi fuqaro D. Ostonov va uning to‘rt nafar sherigini 19,6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirishda aybdor deb topildi. Bu haqda “Anhor” nashri xabar berdi.
Sudda Ostonov va sheriklari Paxtachi tumanidagi “Qoraqo‘ton” konida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan huquqni muhofaza qilish organi xodimi J. Qodirovni o‘ldirgani isbotlandi.
Izoh (0)