10-avgustdan 11-avgustga o‘tar kechasi dunyoning ko‘plab shaharlarida “super oy” kuzatildi. Mazkur tabiiy hodisaga guvoh bo‘lganlar o‘zlari olgan suratlarni internetga joyladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Super oy”ning ilk rasmlari bilan Xalqaro kosmik stansiya kosmonavti Oleg Artemyev bo‘lishdi. U “kattalashgan” oyni fazodan suratga olib, internetga joyladi.
Rossiyalik internet foydalanuvchilari ham “super oy”ni surat va videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Mazkur tabiiy hodisaga guvoh bo‘lganlar oyning kattaligi va yorqinligini aytib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan.
Ma’lumot uchun, Oy Yer orbitasiga maksimal darajada yaqinlashgani bois odatdagidan ko‘ra yorqinroq va kattaroq ko‘ringan.
Izoh (0)