“Manchester Yunayted” rahbariyati Old Trafford stadioniga muxlislar tomonidan noutbuk va planshetlarni olib kirishni taqiqladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Noutbukli muxlislar yonidagi tomoshabinlarga futbol ko‘rishga halal berayotgani taqiqning sababi sifatida ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, ushbu qurilma yordamida futbol uchrashuvlarini yozib olish imkoni mavjud. Taqiq 150x100 mm hajmga ega barcha elektron vositalarga taalluqli ekani qayd etildi.
2010-yil “Nyu-York Yankiz” beysbol klubi ana shunday taqiqni joriy qilgandi, biroq ikki yil o‘tib, u o‘z kuchini yo‘qotgan.
Izoh (0)