O‘ta og‘ir vazn toifasining WBA NABA USA chempionlik belbog‘i sohibi hisoblangan o‘zbekistonlik bokschi Ahror Muralimov joriy yilning oktabr oyida o‘z unvonini himoya qiladi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlarni Ken Richardson rahbarligi ostida Xyuston shahrida olib borayotgan 26 yoshli Ahror Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan bahsda WBA NABA sovrindori, Lotin Amerikasi chempioni bilan kurashadi.
Amerika OAVlari “Hozirda barcha chempionlik kamarlari aka-uka Klichkolarda. Men ulardan barcha kamarlarni tortib olib, butun dunyo chempioni bo‘lmoqchiman”, — deya Ahror Muralimov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan Ahror Muralimov 27-iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pensilvaniya shtatida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ikkinchi raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamari sohibi bo‘lgan edi.
Izoh (0)