Meksikalik hakam Marko Rodriges faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, deya xabar berdi Uff.uz. 40 yoshli hakam Jahon chempionati paytida Italiya – Urugvay o‘yinida Suaresning Kyellinini tishlab olganini ko‘rmay qolgani bilan mashhur.
“Men faoliyatimdan mamnunman. Ba’zi muvaffaqiyatlarga erishdim, ammo muammolar ham bo‘ldi. Uchta Jahon chempionatida ishtirok etganimdan keyin faoliyatimni yakunlash payti kelganini tushundim”, — deydi Rodriges.
Rodriges uchun Jahon chempionatidagi so‘nggi o‘yin Braziliya – Germaniya o‘yini bo‘lib qoldi.
Izoh (0)