Davralar oralig‘ida dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Chorvoqda o‘tkazgan “Metallurg” futbol klubi 12-iyuldan Chirchiq shahriga qaytdi. Jismoniy yuklamaga ega bo‘lgan futbolchilar endilikda har kuni to‘p bilan amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. O‘z navbatida klub rahbariyati ko‘rik uchrashuvlarini o‘tkazish rejasini ham ishlab chiqdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Unga ko‘ra bekobodliklar 18-iyul kuni Chirchiq shahrida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan kuch sinashishadi. 22-iyul Rustam Mirsodiqov shogirdlari “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 24-iyulda Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bekobodliklar hujumchisi Shahzodbek Nurmatov shu kuni Mirjalol Qosimov rahbarligida qadrdon jamoasiga qarshi maydonga chiqishi kutilyapti.
Izoh (0)