O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Kanadaning Vankuver shahrida yakunlangan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi tennis turnirining vitse-chempioniga aylandi. Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning bugun, 4-avgust tongida o‘tkazilgan hal qiluvchi final bahsida o‘zbekistonlik tennischi tajribali Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Kiprlik tennischi ATP reytingida 105-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Farrux 144-pog‘onadan joy olgandi. Dastlabki set g‘olibi tay-brekda aniqlandi. Unda Markos 8:6 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi setda raqibining bitta geymini yutib olgan Bagdatis Vankuver “Chellenjeri” g‘olibiga aylandi.
Farrux Do‘stov ushbu turnir davomida amerikalik Rayan Uilyams va Ostin Kraychek, italiyalik Andrea Kollarini, britaniyalik Jeyms Uordni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi g‘alaba Do‘stovga 8 ming 480 dollar hamda 60 reyting ochkosini taqdim etdi. G‘olib tennischi esa 14 ming 400 dollar hamda 100 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)