2014-yilning yanvaridan mayiga qadar Xitoyda sotilgan smartfonlari soni bo‘yicha Xiaomi kompaniyasi Apple’dan o‘zib ketdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Xiaomi smartfonlari Xitoyda sotilgan barcha smartfonlarning 21 foizini tashkil etadi. Kompaniya bu bilan 16 foiz ko‘rsatkichga ega mashhur Apple brendidan o‘zib ketdi. Xitoy bozorida Samsung smartfonlari 23 foiz natija bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Qizig‘i shundaki, Xiaomi smartfonlarini sotib olayotganlarning 70 foizi avval Samsung smartfonlarini ishlatgan. Yana 20 foizi esa Xiaomi smartfonlarining eski versiyalaridan yangisiga o‘tgan.
Izoh (0)