Ukrainada halokatga uchragan Malayziya “Boing”i bortidagi qora qutilar rasshifrovkasining dastlabki natijalari keyingi haftada e’lon qilinadi, deya xabar berdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron.
“Segodnya” nashri yozishicha, bort qora qutilaridagi ma’lumotlar o‘tgan haftada britaniyalik mutaxassislar tomonidan chiqarib olingan. Ular Niderlandiya vakillariga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ning “Boing-777” samolyoti 17-iyul kuni kechqurun Ukraina sharqida qulab tushdi. Bortdagi barcha 298 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)