Davralar oralig‘ida “Lokomotiv” tarkibida bir necha o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jamoani tark etgan futbolchilar o‘rni yangi sportchilar bilan to‘ldirildi. Shu munosabat bilan “Lokomotiv” 31-iyul payshanba kuni soat 11:00 da ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazadi. Bu haqda “Lokomotiv” futbol klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Tadbir Toshkentning TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadioni anjumanlar zalida o‘tkaziladi.
Tadbir avvalida jamoa bosh murabbiyi va klub rahbariyati jurnalistlar bilan suhbatlashib, ular tomonidan beriladigan savollarga javob beradi. So‘ngra yozgi tanaffus vaqtida jamoaga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Aleksandr Geynrix, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Sahob Jo‘rayev, Alisher Shog‘ulomov, Dilshod Rahmatullayev va Marat Bikmayevlar anjumanlar zaliga taklif etiladi va OAV vakillari ular bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ladi.
Tadbir nihoyasida futbolchilarga “Lokomotiv” futbolkalari topshiriladi.
Izoh (0)