“Barselona” klubining janubiy amerikalik futbolchilari Chempionlar ligasi finalida o‘ynay olmaydi. Agarda kataloniyaliklar YeChL finaliga chiqsa, Neymar, Messi va balki Suaresning ham yordamiga umid qila olmasligi mumkin. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
2015-yilning 28-mayida Lionel Messi, Xaver Maskerano, Neymar, Daniel Alves va Klaudio Bravolar Amerika Kubogida ishtirok etish uchun o‘z terma jamoalari safida bo‘lishi lozim. Musobaqa 11-iyunda boshlanadi va Chilida bo‘lib o‘tadi.
Agarda Luis Suaresning terma jamoasidagi diskvalifikatsiyasi kamaytirilsa, u ham Amerika Kubogida ishtirok etish uchun Urugvay terma jamoasiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, YeChL finali 6-iyun kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tadi. Ispaniya Kubogi finali esa 30-mayda bo‘lishi lozim.
Izoh (0)