O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmatiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
25 iyul, ayni damda Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha JCh — 2014’da ishlagan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidullo Rasulovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan avval xabar berganimizdek, rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida Ravshan Ermatovga Malibu, Abduhamidullo Rasulovga esa Orlando avtomobili topshiriladi.
Izoh (0)