Ukraina sharqida Malayziya layneri halokatga uchragan vaqtida osmonda ukrain Harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot bo‘lgan. Bunday bayonotni Rossiya Mudofaa vazirligi vakili “Boing-777” halokatidan so‘ng birinchi marta Kremlning rasmiy fikrini bildirayotib aytdi va Kiyevdagi hukumatga nisbatan ayb qo‘ydi.
Euronews yozishicha, G‘arbiy harbiy okrug qo‘shini qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari general-leytenant Andrey Kartapolov Rossiya Federatsiyasi ayirmachilarga “Buk” zenitli raketa majmuasini va boshqa qurol-yarog‘larni bermaganini ta’kidladi.
Kiyev hukumati Moskvaning bayonotiga javoban “Buk” majmuasi Ukrainaga Rossiyadan keltirilgani bo‘yicha isbotlar haqida yana bir bor gapirdi.
Izoh (0)