Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 12-avgust kuni “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA superkubogi bahsida maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi Stadion.uz “Marca”ga tayanib.
Portugaliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan keyin to‘liq tiklanishga ulgurmasligi mumkin. Shifokorlar Ronalduga mundialda ishtirok etmaslikni tavsiya qilgandi, ammo u terma jamoasiga yordam berishga qaror qildi va natijada jarohatini chuqurlashtirib oldi.
Mavsumlar oralig‘ida u asosiy e’tiborni jarohatini davolashga qaratdi. Shuning uchun Ronaldu “Real” bilan AQShdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yo‘l olmadi. U mavsumga tayyorgarlik mashqlarini boshlashga shoshilmayapti.
Izoh (0)