Janubiy Koreya politsiyasi cho‘kib ketgan “Sevol” paromining haqiqiy egasi hisoblangan ishbilarmon Yu Byon Yon vafot etganini tasdiqladi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar berdi.
“Jasad 12-iyunda topilgan edi, biroq DNK testi va barmoq izlariga asoslanib, uning shaxsini endi tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldik”, — dedi politsiya vakili.
Avvalroq ishbilarmonning qayerda ekanligi haqida ma’lumot bergan shaxsga 500 ming dollar miqdorida mukofot puli va’da qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevol” paromi 16-aprel kuni Koreya Respublikasining janubi-g‘arbiy qirg‘oqlaridan 100 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan edi. Kema bortida 476 kishi bo‘lgan, 294 yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)