AQSh hukumati O‘zbekistonda “Lyabob” chegara kompleksi qurilishini moliyalashtiradi. Bu haqda “Anhor” xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 190-sonli Qarorida qayd etilganidek, loyiha doirasida uni ishlab chiqish, obyektlar qurilishi va chegara atrofini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, loyiha borasida o‘zaro kelishuvga erishilgan bo‘lib, hozirda u ishlab chiqilmoqda. Loyihani moliyalashtirish uchun AQSh hukumati ikki million dollar ajratadi.
Izoh (0)