O‘zbekiston yaqinda e’lon qilingan “Innovatsiyalar global ko‘rsatkichi 2014” reytingida 128-o‘rinni egalladi. Bu haqda Anhor.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda o‘tgan yilgi 133-o‘rindan besh pog‘onaga yuqorilagan. Birinchi o‘rin Shveysariya, ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, uchinchi pog‘ona esa Shvetsiyaga nasib qildi. Jami 143 mamlakat qatnashdi.
Innovatsiyalar global ko‘rsatkichi bo‘yicha 2007-yildan buyon reyting tuziladi. U mamlakatlarda mavjud manbalar va innovatsiyalar o‘tkazish uchun sharoitlarni hamda innovatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan amaliy natijalarni baholaydi.
Izoh (0)